08:30 / 07.06.2020
2 029

Adabiyotning kundalik hayotdagi foydasi isbotlandi

Adabiyotning kundalik hayotdagi foydasi isbotlandi
Adabiyotning fizika yoki kimyodan farqli o‘laroq, amaliy foydasi yo‘q, shuning uchun kitob o‘qish oddiy hayotda kerak bo‘lmaydi degan noto‘g‘ri qarash nafaqat maktab o‘quvchilari, balki kattalar orasida ham keng tarqalgan.

Ammo “Pediatrics” jurnali sahifalarida paydo bo‘lgan tadqiqot natijalari buning aksini isbotladi.
Qayd etilishicha, adabiyot uyqu buzilishining samarali davosi bo‘lib, qog‘ozli kitoblar bu borada, ayniqsa foydalidir.

Shuningdek, mutolaa keksalikda aniq fikrlash qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi. AQSHda 80-97 yoshdagi 300 ta keksa odamlar orasida o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, umri davomida mutolaaga alohida e’tibor qaratganlarda yosh o‘tganda ham aqliy qobiliyatlar ancha yaxshi ekanligi kuzatilgan. Bundan tashqari, bunday insonlar ikki yarim baravar kamroq Alsgeymer kasalligi qurboniga aylanishgan.

Bundan tashqari, mutolaa asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi va hatto ovqat hazm qilish jarayonini ham yaxshilaydi. Buni neyrofiziolog Devid Lyuis va Tuluza universiteti xodimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari isbotlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adabiyotning kundalik hayotdagi foydasi isbotlandi