15:34 / 07.06.2020
3 957

Shavkat Mirziyoyev — O‘zMTRK raisiga: «Menga maqtash kerak emas»

Shavkat Mirziyoyev — O‘zMTRK raisiga: «Menga maqtash kerak emas»
Foto: «Gazeta.uz»
3 iyun kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda olib borilayotgan islohotlar uchun o‘zini maqtamaslikni so‘radi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Prezident O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Alisher Xadjayevga murojaat qilib, islohotlarning amalga oshirilayotganini ko‘rsatish lozimligini ma’lum qildi.

«Menga maqtash kerak emas. Prezident falon qildi, deb. Islohot natijasida odamlarning dunyoqarashi o‘zgaryapti, manfaatdorlik ruhi paydo bo‘lyapti. Yer meniki, degan tasavvur paydo bo‘lyapti. Islohot amalda, degan narsani ko‘rsatinglar. Faqat maqtash emas. Oldin qanday edi, hozir qanday, odamlar qanday», — deydi Prezident.

Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni prezident emas, islohotlar va qonunlar amalga oshirmoqda.

«Sizlarga bir gapni aytishga qo‘rqaman, darrov prezidentni maqtay boshlaysiz. Men hammaga aytdim, prezident qilmayapti buni, islohot qilyapti. Qonun qilyapti, odamlar qabul qilyapti», — deya qayd etadi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident MTRK rahbariga bu kabi xabarlarni yoritishda bilimli va xolis jurnalistlarni jalb qilish yuzasidan topshiriq bergan.

2020 yilga mo‘ljallangan davlat budjetida Milliy teleradiokompaniyaning joriy xarajatlari va ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va jihozlash uchun 410,5 milliard so‘m (40,4 million dollar) miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev — O‘zMTRK raisiga: «Menga maqtash kerak emas»