19:39 / 07.06.2020
6 223

O‘zbekiston 1 avgustdan ayrim avtomobillarga utilizatsiya yig‘imini joriy etadi

O‘zbekiston 1 avgustdan ayrim avtomobillarga utilizatsiya yig‘imini joriy etadi
O‘zbekistonda 1 avgustdan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi.

Vazirlar mahkamasi qarori bilan 2020 yil 1 avgustdan utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston hududida sotiladigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yig‘imi to‘lovchilari hisoblanadi.
Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi:
  • diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek ularning O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lmagan, diplomatik maqomga ega bo‘lgan xodimlari va ularning oila a’zolariga tegishli transport vositalari;
  • ishlab chiqarilganidan 30 va undan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilganidan 50 va undan ortiq yil o‘tgan, yo‘lovchi va yuklarni tijorat maqsadida tashishga mo‘ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;
  • O‘zbekistonga olib kirilib “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga.

Utilizatsiya yig‘imining miqdorlari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston 1 avgustdan ayrim avtomobillarga utilizatsiya yig‘imini joriy etadi