22:25 / 07.06.2020
3 376

8 iyundan boshlab Toshkentda 131ta yo‘nalishda mingdan ortiq avtobuslar harakati tiklanadi

8 iyundan boshlab Toshkentda 131ta yo‘nalishda mingdan ortiq avtobuslar harakati tiklanadi
Yangi haftadan e’tiboran poytaxtda 131ta yo‘nalishda harakatlanuvchi jami 1067ta avtobus liniyalarga chiqariladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtda jami 152ta avtobus yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, umumiy rejaga asosan bu yo‘nalishlarda jami 1230ta avtobus harakatlanishi belgilangan. Ammo Maxsus komissiya qarori bilan avtobuslar qatnovi faqatgina «yashil» va «sariq» hududlarda ruxsat berilganidan kelib chiqib, 21ta yo‘nalishida hozircha avtobus qatnovi tiklanmaydi.

«Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari «qizil» hudud deb e’lon qilingani munosabati bilan, avtokorxonalarga biriktirilgan – Toshkent viloyatining yuqorida keltirilgan tumanlari hududigacha harakatlanuvchi 21ta (8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199-sonli) avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi.

Yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida 3ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida, Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi
», – deyiladi hokimlik xabarida.

Avtobuslar harakati Maxsus komissiya bayoniga asosan soat 6:00dan 22:00gacha davom etadi.
Yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida ikki smenalik navbatchilik tashkil qilinadi. Avtobuslar so‘nggi bekatlarida doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi.

Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi ularni muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib boriladi. Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilar kiritiladi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibiga jami 16ta avtokorxona kiradi. Shundan 8tasi – avtobus saroylari, 8tasi – xususiy tashuvchilar.

Odatiy rejimda, ushbu 16ta avtokorxonaga jami 152ta avtobus yo‘nalishi (shundan 135tasi avtobus saroylari, 17tasi xususiy korxonalar)ga biriktirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarga reja bo‘yicha jami 1230ta avtobuslar (shundan 1121ta avtobus saroylari bo‘yicha va 109ta xususiy korxonalar bo‘yicha) ishga chiqishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 8 iyundan boshlab Toshkentda 131ta yo‘nalishda mingdan ortiq avtobuslar harakati tiklanadi