07:00 / 08.06.2020
2 526

Qo‘qonda 12,2 mln dollar evaziga logistika markazi quriladi

Qo‘qonda 12,2 mln dollar evaziga logistika markazi quriladi
«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi qoshida 23 gektar maydonda multimodal logistika markazi tashkil etiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 7 iyun, yakshanba kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qilindi.

Foto: Xalqaro press-klub
Logistika markazida 10 ming kvadrat metr yopiq ombor, 3 ming kvadrat metr sovutgichli ombor, o‘zgarmas yuklar uchun 30 ming kvadrat metr maydonda ochiq ombor, 27 ming kvadrat metr konteynerlar uchun ochiq maydon barpo etiladi.

Majmuada kamida 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, u yiliga 200 mingta konteyner va 10 million tonna yuk bilan ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Loyiha 12,2 million dollarga baholangan.

Avvalroq Farg‘ona vodiysi viloyatlari halqa temir yo‘li bilan bog‘lanishi, ekspress va oddiy elektropoyezdlar qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda 12,2 mln dollar evaziga logistika markazi quriladi