22:00 / 08.06.2020
2 138

Qamashilik oilalarning 13 nafari karantinda yarashtirildi

Qamashilik oilalarning 13 nafari karantinda yarashtirildi
Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi, farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o‘zligini anglab yetishi va shakllanishi bo‘lib hisoblangan. Ammo bugungi kunda bu mas’uliyatni anglamay, farzandini o‘ylamay ajrashib ketayotgan oilalar ham bor, afsuski. O‘z farzandlariga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaydigan otalar esa alohida bir mavzu.

Ayni vaqtda Majburiy ijro byurosining Qamashi tuman bo‘limi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarni undirish bilan bir qatorda bevosita o‘z vazifasiga kirmasa ham, kelajagimiz egalarining taqdiriga befarq bo‘lmagan holda ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda.

Joriy yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida Byuroning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan 72 nafar oilalarni huquqiy tushuntirishlar orqali yarashtirishga erishilgani misolida ham ko‘rish mumkin. Ularning 13 nafari aynan may oyida yarashtirilgan. Ular endi bag‘ri butun bo‘lib, mehrga to‘lib ulg‘ayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamashilik oilalarning 13 nafari karantinda yarashtirildi