Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
8 iyun kuni Boysunda Surxondaryo viloyati IIB va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan «Jihodchilar» ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqaroning yashash manzillarida tintuv va olib qo‘yish tergovi o‘tkazilgan. Tintuv natijasida ularning ayrimlari o‘zlarining uyali aloqa vositalari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati
«Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a’zolari mehnat migranti sifatida Rossiyaga borib, u yerda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan va oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida ‘Jihodchilar’ ekstremistik oqimining yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da’vat qilish ishlarini olib borib, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.
Hozirda, aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi