12:03 / 09.06.2020
2 463

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi yuzasidan muhokamalar davom etadi

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi yuzasidan muhokamalar davom etadi
Joriy yilning 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi loyihasi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 apreldagi F–5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda kodeksning dastlabki loyihasi yuzasidan qo‘shimcha fikr va mulohazalar olish maqsadida mamlakatimizning vazirlik va idoralariga, huquqiy sohadagi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalariga, advokatlar va notariuslar palatalariga yuborilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida tashkil etilgan tadbirda Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirokida Fuqarolik kodeksiga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida, ayniqsa, quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zgartirishlar qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq layoqati paydo bo‘lishi va bekor bo‘lishi asoslari;
- tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining aniq ro‘yxatini belgilab qo‘yish, xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi kabi tashkiliy-huquqiy shakllardan voz kechish;
- ma’naviy ziyonni hisoblash mezonlarini aniq belgilash;
- majburiy tartibda shartnoma tuzishni nazarda tutuvchi, shartnoma shartlarini taraflarga belgilab beruvchi normalarni chiqarib tashlash, standart shartnomaning halollik va ishonch tamoyillariga zid ravishda boshqa tarafning huquqlari va manfaatlarini buzadigan shartlarini haqiqiy emasligini belgilash;
- da’vo muddatlariga oid normalarga kiritilgan o‘zgartirishlar.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasi yuzasidan muhokamalar davom etadi