22:08 / 09.06.2020
2 731

Infeksionist karantin choralarini yumshatishga hali juda erta deb hisoblaydi

Infeksionist karantin choralarini yumshatishga hali juda erta deb hisoblaydi
Markaziy Osiyo davlatlarida karantin choralarini erta yumshatish nimaga olib kelishi mumkin? O‘z fikri bilan Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash ilmiy tadqiqot markazi direktori Georgiy Vikulov o‘rtoqlashdi.

Har bir davlat karantin choralarini yumshatish yoki kuchaytirish to‘g‘risida qarorni COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda qabul qilishi kerak deb hisoblaydi mutaxassis Georgiy Vikulov.

Ammo shifokorning ta’kidlashicha dunyoda koronavirusning aholi orasida aniqlanishining hamon muayyan ijobiy sur’ati kuzatilib bormoqda.
“1 iyun holatiga ko‘ra dunyoda yangi musbat holatlar soni davolanayotganlar soniga nisbatan proporsional ravishda ko‘proqdir”, - deydi Georgiy Vikulov.

Shu bilan birga, infeksionist Tojikistonda joriy qilingan cheklovlarning bekor qilinishi shoshqaloq bilan qabul qilingan qaror degan fikrni bildirdi. Tojikistonda 15 iyundan deyarli barcha cheklovlar bekor qilinib, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, go‘zallik salonlari va bozorlar o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov O‘zbekistonda aholi tomonidan sanitariya qoidalarini mensimasligi oqibatida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini ma’lum qildi.

Yakshanba kuni O‘zbekistonda 237 ta koronavirusga chalinish holati aniqlangan. Ulardan 207 nafari koronavirus xavfi tufayli kuzatuvda bo‘lmagan fuqarolarda.

O‘zbekistonda karantin choralari aprel oyi oxiridayoq yumshatila boshlagan edi. 8 iyundan "sariq" va "yashil" hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. "Damas", mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno. Diniy muassasalar, masjidlar 8 iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshladi. Shuningdek, 15 iyundan boshlab qator muassasalar o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Infeksionist karantin choralarini yumshatishga hali juda erta deb hisoblaydi