12:30 / 10.06.2020
2 502

Prokuratura Bekoboddagi 14 gektar bog‘ paxta chigitini ekish uchun buzdirilganini bildirdi

Prokuratura Bekoboddagi 14 gektar bog‘ paxta chigitini ekish uchun buzdirilganini bildirdi
Kadr: YouTube
Toshkent viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida turk yong‘og‘i, gilos, uzum ko‘chatlari, poliz ekinlari ekilgan 14 gektar yer sud qarorisiz, tuman prokurorining og‘zaki buyrug‘i bilan haydab tashlangani tasvirlangan video yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Ta’kidlanishicha, fuqaro D.M. va boshqalar ekilgan turk yong‘og‘i, uzum, shaftoli, gilos, poliz ekinlari, bulg‘or qalampiri kabi bog‘dorchilik va sabzavotchilik ekinlari noqonuniy buzib yuborilganidan noroziligini bildirgan.

Bekobod tuman hokimining 2019 yil 29 yanvardagi 667-sonli qarori bilan «Mashrabjon Olimjon Fayz» fermer xo‘jaligiga tumanning «Mavlonov» massivi qishloq xo‘jaligi xaritasining 867, 866, 870-konturlarida joylashgan jami 45,85 gektar, shundan 44,14 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari paxta va g‘allachilik yo‘nalishida ajratib berilgan.

Biroq fuqaro D.M. va boshqa yollanma ishchilar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz «Mashrabjon Olimjon Fayz»ga qarashli yer maydonlarining 14,8 gektariga turk yong‘og‘i, uzum, shaftoli, gilos, poliz ekinlari, bulg‘or qalampiri kabi bog‘dorchilik va sabzavotchilik ekinlari noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan ekib yuborilganligi ma’lum bo‘lgan.

Soha mutaxassislari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar, foto va videolavhalar rasmiylashtirilgan.
Bekobod tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi tomonidan holat yuzasidan yer qonunchiligi buzilishi holatlarini bartaraf etish va tumanda yer munosabatlarini tartibga solish yuzasidan tuman hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan.

«Hozirda 2020 yil paxta hosili uchun chigit ekish rejalashtirilgan ushbu o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlariga ekilgan noqonuniy ekinlar buzdirilgan. Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerga va oziq-ovqat xavfsizligiga befarq bo‘lmagan fuqarolarimizdan qonunchiligimizga, jumladan, yer qonunchiligiga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi Toshkent viloyati prokuraturasi bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura Bekoboddagi 14 gektar bog‘ paxta chigitini ekish uchun buzdirilganini bildirdi