14:11 / 10.06.2020
1 920

Toshkentdagi korxonalar manfaatiga 4,5 mlrd. so‘m undirildi

Toshkentdagi korxonalar manfaatiga 4,5 mlrd. so‘m undirildi
MIB organlari tomonidan karantin davom etayotgan bir paytda masofadan turib sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sabab har bir kelib tushayotgan ijro hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash Byuro organlarining asosiy vazifasidir. Jumladan, MIB Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 11.06.2019 yildagi 4-1001-1904/6884-sonli ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor «Contact Inform Group» MCHJ hisobidan undiruvchilar jami 15 ta korxonalar foydasiga jami 4 mlrd. 535 mln. 095 ming so‘m qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro xujjatlari yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, ushbu qarorlar qarzdor korxonaga ijro qilishlik uchun undiruvchi korxonalarga ma’lumot uchun yuborilagan. Qarzdor jamiyat tomonidan ijro xhujjatlarini talablarini ixtiyoriy muddatda bajarmaganligi bois, uning barcha bank hisob raqamlariga band solingan.

Bundan tashqari MIB bo‘lim tomonidan joriy yilning 7 yanvar kuni qarzdor jamiyatga tegishli, Sergeli tumani, Sergeli-6 mavzesi hududida joylashgan 1500 kv.m teng bo‘lgan ko‘chmas mulk binosi ham xatlanib, band solingan. Mazkur xatlangan, ko‘chmas mulk binosi «Master Expert» MCHJ tomonidan 5 mlrd. 601 mln. 314 ming so‘mga baholanib, 29.01.2020 yilda «e-auksion» dasturiga kiritilgan.

Qarzdor korxonaga tegishli 1500 kv.m teng bo‘lgan ushbu ko‘chmas mulk ob’ekti onlayn auksion savdosi natijasiga ko‘ra, «e-auksion» dasturi orqali sotilmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuning 56-moddasiga asosan undiruvchi korxonalarga «sotilmagan mol-mulkni o‘ziga qoldirishni taklif etish» to‘g‘risidagi xatlar yuborilgan.

Majburiy ijro xarakatlarini olib borish jarayonida joriy yilning 2 mart kuni qarzdor «Contact Inform Group» MCHJga tegishli bo‘lgan 6 ta maxsus texnika va avtotransport vositalari xatlangan. Shuningdek, qarzdor korxonadan 10.05.2020 yil kuni bo‘lim depozit hisob raqamiga jami 1 mlrd. 020 mln. 134 ming so‘m undirilgan. Mazkur pul mablag‘lari 25.05.2020 yil kuni undiruvchilarining hisob raqamlariga O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 80-moddasiga asosan taqsimlangan. Karantin davrida olib borilgan ijro harakatlari natijasida undiruvchi 15 ta korxonalar foydasiga jami 4 mlrd. 535 mln. 095 ming so‘mni tashkil qilgan qarzdorliklar to‘liq undirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi korxonalar manfaatiga 4,5 mlrd. so‘m undirildi