16:11 / 10.06.2020
2 716

Karantinni mensimagan "shovvoz" 10 sutkaga qamaldi

Karantinni mensimagan "shovvoz" 10 sutkaga qamaldi
Karantin qoidalariga rioya qilib, tinch-osoyishta hayotimizning bardavomligini ta’minlash har birimizdan yanada hushyor bo‘lishni, aslo xotirjamlikka berilmaslikni taqozo etmoqda. Ba’zi fuqarolarda hatto karantin tugadi degan tasavvur ham uyg‘onmoqda. Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari kuzatilmoqda.

Jumladan, huquqbuzar D.X.E. 2020 yil 27 may kuni taxminan soat 11:30 larda Konimex tumani hududida karantin e’lon qilinishiga qaramasdan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda jamoat tartibini va yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan ko‘chada baqir-chaqir qilib, maxsus tibbiyot niqobini taqmasdan o‘rnatilgan karantin qoidalarini qasddan buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.

Huquqbuzar shu bilan cheklanmay, uni tartibga chaqirish uchun kelgan IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasligi oqibatida unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Konimex tuman ma’muriy sudining 2020 yil 4 iyundagi qaroriga ko‘ra, fuqaro D.X.E. mazkur huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasiga binoan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi berildi.

Albatta, endi kech. Zero, karantin qoidalariga rioya etish har birimizning burchimizdir.

Konimex tuman ma’muriy sud raisi
N.Kejayeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinni mensimagan "shovvoz" 10 sutkaga qamaldi