2020 yil 10 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4591 (+44) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, Toshkent viloyatida 2 nafar, Sirdaryo viloyatidan 8 nafar va Xorazm viloyatida 2 nafar, jami 12 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hamda 6 nafar Toshkent shahrida, 3 nafar Sirdaryo viloyatida, 1 nafar Xorazm viloyatida, 2 nafar Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etildi.
Ayni paytda respublikada 3504 (+29) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatning to‘qqiz hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 1069 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi