20:43 / 10.06.2020
4 329

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
AQSH prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.
Maktubda amerikaliklar yetakchisi Sardoba suv omboridagi texnogen ofat yuzasidan hamdardlik bildirgan.

Shuningdek, Tramp pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar uchun O‘zbekistonning ko‘mak so‘rovi tez orada ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati maktub matnini taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga


Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizga va 2020 yil 1 may kuni Sardoba suv omborining to‘g‘oni qisman qulashi oqibatida jabrlanganlarga hamdardlik bildiraman. Suv ostida qolgan uylar, ko‘chirilgan aholi, vayron bo‘lgan yo‘llar va fermer xo‘jaliklari tasvirlarini ko‘rish qalbni larzaga soladi.

Shaxsiy e’tibor va tezkor choralar ko‘rish orqali Siz liderlik xususiyatlarni namoyish etdingiz. Davlat departamenti va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi ham ushbu fojiaga javoban darhol chora ko‘rdilar va ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz uchun mablag‘ ajratdilar.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mushkul paytda O‘zbekiston va uning xalqiga yelkadoshdir.

Shu bilan birga, koronavirusga qarshi kurashda birgalikda ish olib borar ekanmiz, ushbu mudhish pandemiyaga qarshi chora-tadbirlar uchun yordam bo‘yicha so‘rovingiz tez fursatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash uchun ma’muriyatimga ko‘rsatma berdim.

Hurmat bilan,


Donald Tramp,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi