21:18 / 10.06.2020
4 352

O‘zbekistondagi «yashil» hududlarda niqob taqmasdan yursa bo‘ladimi?

O‘zbekistondagi «yashil» hududlarda niqob taqmasdan yursa bo‘ladimi?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatdagi «yashil» hududlarda tibbiy niqob taqish majburiyati masalasida berilgan savolga javob qaytardi.
Fuqarolar tomonidan «‘yashil’ hududda tibbiy niqob taqmasa bo‘ladimi?», degan savol yo‘llangan.

Ma’lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra, hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi tartibga rioya qilinishi shart:
- jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarida 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash;
- fuqarolarning tibbiy niqobdan foydalanishi;
- uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik;
- antiseptik vositalardan foydalanish.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi shahar va tumanlar 11 maydan boshlab hududdagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq ravishda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilmoqda. 6 iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 26 ta tuman va shahar «qizil», 29 tasi «sariq» va 148 tasi esa «yashil» hudud bo‘lib turibdi. Mamlakatdagi karantin rejimi 15 iyungacha uzaytirilgan va barcha hududlarda bir qator cheklovlar saqlab qolingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi «yashil» hududlarda niqob taqmasdan yursa bo‘ladimi?