19:59 / 11.06.2020
2 031

MIB Toshkent viloyati: bank shahobchasiga jihozlangan xona ajratildi

MIB Toshkent viloyati: bank shahobchasiga jihozlangan xona ajratildi
Joriy yilning 10 iyun kuni “Oltin voha” telegram kanalida “Oltin voha kassa muammosining ichiga kirdi” nomli maqola e’lon qilinib, unda MIB Ohangaron shahar bo‘limi “Ipoteka bank” rahbari Sirojiddin Biydayevga bosim o‘tkazganligi, MIB Ohangaron shahar bo‘limi xodimlari avvalroq koronavirusga chalingan bemor bilan ikkilamchi kontaktga kirishgani uchun karantinga olingani, shundan keyin odam ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan bank kassasi tashqariga ko‘chirilganligi, to‘lov uchun kelganlarni qabul qilishga mas’ul bank rahbariga orqa tomondagi qarovsiz xonani ko‘rsatib, shunga kassirlaringni joylaysan, sharoit qilasan, deyishganligi, bank rahbari kassa ko‘chirishning tartib qoidalarini aytib, Respublika bankidan ruxsat olish kerakligini aytganligi, shunda MIB rahbariyati tomonidan qarzi bo‘lmasa ham bank rahbarining yashash uyidagi elektr ta’minoti uzib qo‘yishganligi, bank rahbariga zug‘um o‘tkazishganligi vaj qilingan.

Aniqlanishicha, 23.05.2020 yilda kornovirus infeksiyasi yuqtirganlikda gumon qilingan fuqaro Byuroning Ohangaron tuman bo‘limiga to‘lovni amalga oshirish maqsadida kelganligi sababli, 26-30 may kunlari bo‘lim xodimlari test javoblari chiqqunga qadar binoda karantinda saqlangan hamda kasallik alomatlari aniqlanmaganligi bois ish faoliyati davom ettirilgan.

“Ipoteka bank” Ohangaron filiali kassasi MIB binosining 5x10 kv.m hajmdagi xovlining ichkari qismida joylashgan bo‘lib, to‘lov amalga oshirish uchun kelgan aholining 2 metr ijtimoiy masofa saqlashi uchun sharoit bo‘lmagan.

Bundan tashqari, joriy yilning 1-8 iyun kuniga qadar (yashil hudud) bank muassasasi kassirlari MIB binosida pul mablag‘larini qabul qilmaganligi sababli tuman va shahar aholi o‘rtasida e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Shu munosabat bilan, xodimlar va fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish va karantin qoidalariga qatiy rioya etilishiga sharoit yaratish maqsadida “Ipoteka bank” Ohangaron filialiga fuqarolarni 2 metr ijtimoiy masofa saqlab turishi uchun sharoitlar yetarli bo‘lgan, MIB binosi 10x70 kv.m hovlisining chap tomonida joylashgan, davlat ijrochilarining foydalanishida bo‘lgan, ta’mirlangan, barcha sharoitlar yetarli xona taklif qilingan.

“Ipoteka bank” rahbari tomonidan ushbu taklifga rozilik bildirilganligi bois, kassa binosi yangi joyga ko‘chirilib, 8 iyun kunidan boshlab faoliyat yuritib kelmoqda.

Byuroning Ohangaron shahar va tuman bo‘limi tomonidan “Ipoteka bank” Ohangaron fililaliga yordam ko‘rsatilib, MIB tomonidan yangi xona qayta ta’mirlanib, xona derazasiga temir panjara, temir eshik o‘rnatilib, konditsioner bilan jihozlangan xona topshirilgan.

Byuro tomonidan “Ipoteka bank” Ohangaron filiali rahbari Sirojiddin Biydayevga kassani ko‘chirish uchun bosim o‘tkazgani, qarzi bo‘lmasada xonadonini elektr tarmog‘idan ajratganligi haqidagi vajlar haqiqatga zid.

Chunki, Ohangaron shahar hududi “yashil” hudud etib belgilangach, Byuroning Davlat inspektorlari tomonidan aholi iste’molchilari xonadonlarini ko‘rikdan o‘tkazish, qarzdorliklarni undirish va elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish borasidagi faoliyatini davom ettira boshlagan.

Bu borada olib borilgan tadbirlar natijasida, joriy yilning 6 iyun kuni Davlat inspektori Z.Gaynazarov tomonidan Ohangaron shahar
3-kichik tumani, 1-uy, 21 xonadoniga, iste’molchi O.Nurmuxammedovning tabiiy gazdan 150.841 so‘m qarzdorligini undirish va xonadoni ko‘rikdan o‘tkazish uchun borilgan.

Biroq, xonadonda bo‘lgan fuqaro Byuro xodimi talablarini bajarmasdan xonadonni ko‘zdan kechirishga to‘sqinlik qilgani uchun davlat inspektorida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanyotganligi haqida shubha uyg‘ongan.

Shu sababli xonadon, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2017 yildagi 484-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Iste’molchilarni elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari hamda suv quvurlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandi, 3-xatboshiga asosan Byuro vakillarigi elektr energiyasi, tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganligi uchun “Vatan” MFY xodimlari L.Isroilova, xolislar A.Xolxo‘jayev va Z.Gaipovalar ishtirokida elektr tarmog‘idan ajratilgan va ushbu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Xonadondagi mavjud tabiiy gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirilgach tarmoqqa qayta ulangan, biroq, qarzdorlik bugungi kunga qadar bartaraf etilmagan.

MIB Toshkent viloyati boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkent viloyati: bank shahobchasiga jihozlangan xona ajratildi