21:52 / 11.06.2020
2 374

Bugun 100dan oshiq bemor tuzalib chiqdi

Bugun 100dan oshiq bemor tuzalib chiqdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand va Navoiyda 26 nafar bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 3637 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.
Samarqand viloyatida 9 nafar va Navoiy viloyatida 17 nafar, jami 26 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu vaqtgacha Samarqandda jami 383 holatda kasallik qayd etilib, 327 nafari sog‘aygan bo‘lsa, endilikda infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 336 nafarga yetdi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 45 nafar bemor davolanmoqda.

Navoiy viloyatida bugun 17 nafar bemor sog‘ayib (shundan 13 nafari Zarafshon tuman tibbiyot birlashmasida), tuzalganlar soni 167 nafarga yetdi. Hozirda viloyatda 93 nafar bemor ushbu infeksiyaga qarshi shifo olmoqda. Shu kunlarda ushbu bemorlarni davolashda viloyatdagi mahalliy shifokorlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan bir guruh mutaxassislar ham yaqindan yordam berishmoqda.

Bundan avvalroq Toshkent shahridagi 4ta tibbiyot muassasida jami 79 nafar bemor tuzalgani xabar qilingandi.
Bugun jami 105 bemor sog‘ayib chiqdi, hozirga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 3637 nafarga yetdi.

11 iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni 4717tani tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1061 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun 100dan oshiq bemor tuzalib chiqdi