Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumani «Do‘stlik» mahallasidagi 28 ta xonadon egalarining noroziligi aks etgan video tarqaldi. Sardoba tumani hokimligi mazkur holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu fuqarolarning xonadonlari maxsus komissiya qarori bilan yaroqsiz deb topilgan. Shu sababli, mazkur xonadonlar egalariga ham Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar uchun sertifikatlar topshirilgan.
Qayd etilishicha, hozirda tuman hokimligi tomonidan mazkur xonadonlarni buzish ishlari to‘xtatilib, ushbu vaziyat yuzasidan maxsus komissiya va viloyat hokimligiga ma’lumot kiritilgan.
Shuningdek, xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Suv toshqini oqibatida 4435 ta xonadon talafot ko‘rgan. Ulardan 2390 tasi yaroqsiz holga kelgan, 2045 tasi esa ta’mirtalab holatda. Bosh prokuratura Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasini ko‘rib chiqmoqda.
Hozirda suv ombori ishi bo‘yicha ikki kishi qamoqqa olingan. Sardoba tumani «Do‘stlik» mahallasida 37 ta 1480 xonadonli; Mirzaobod tumani «Haqiqat» mahallasida 20 ta 800 xonadonli va «Navbahor» mahallasida 9 ta 360 xonadonli ko‘p qavatli turar joy qurilish ishlari boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi