13:38 / 12.06.2020
3 595

«Bu kasallik o‘zimizniki bo‘lib qolishi mumkin» — Nurmat Otabekov

«Bu kasallik o‘zimizniki bo‘lib qolishi mumkin» — Nurmat Otabekov
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni vaziyat haqida quyidagilarni ma’lum qildi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 819 nafarga yetdi. 3 ming 637 nafar, ya’ni 75 foiz bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 1 ming 163 bemor davolanmoqda, 12 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasidan, 5 nafari Sirdaryo, 5 nafari Buxoro viloyatlari hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumani aholisi orasidan aniqlangan.

Kasallik ma’lum bir hududda mavjud bo‘lsa kasallikka chalingan va uning atrofidagilarda ham jamoaviy immunitet shakllana boshlaydi. Vaksina ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq etilishi uchun ma’lum darajada vaqt kerak. Bu uzoq jarayon. Negaki, vaksina ishlab chiqarilgach ham klinik sinovdan o‘tkazilishi, haqiqiy samaradorligi baholanishi, keyin esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya qilinishi kerak. Bu jarayon ma’lum bir vaqt talab qilishini inobatga olib, biz koronavirus kasalligi qo‘zg‘atuvchisi bilan birgalikda yashashimizga to‘g‘ri keladi.

Qachondir bu kasallik qo‘zg‘atuvchisi o‘zimizniki bo‘lib qolishi mumkin. Boisi, o‘tkir respirator kasalliklar singari ba’zi bir belgilari namoyon bo‘lyapti. Aynan mana shu kasallik qo‘zg‘atuvchisi bor bo‘lgan muhitda sog‘-salomat yurishni o‘rganishimiz kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bu kasallik o‘zimizniki bo‘lib qolishi mumkin» — Nurmat Otabekov