14:06 / 12.06.2020
2 242

MIB: Shumanaylik 12 nafar xodimlarga 126 mln. so‘m ish haqi undirildi

MIB: Shumanaylik 12 nafar xodimlarga 126 mln. so‘m ish haqi undirildi
Majburiy ijro byurosi Shumanay tuman bulimi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor “Sho‘manoy agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan, ushbu jamiyatda ishlovchi 12 ta xodimning foydasiga 126 mln. 26 ming so‘m ish haqilarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushib, ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atildi va tomonlar tanishtirildi.

Mazkur ijro hujjatning ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalari xatlandi.

Shundan keyin, qisqa muddat ichida, sud buyrug‘ida belgilangan mablag‘lar Byuroning tuman bo‘limi maxsus hisob raqamiga undirildi va xodimlarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berildi.

Mazkur ijro hujjati amalda to‘liq bajarilganligi bois, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining 41 moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Shumanaylik 12 nafar xodimlarga 126 mln. so‘m ish haqi undirildi