12:44 / 13.06.2020
2 663

Farg‘onada qurilish ob’ektini olib berishi evaziga 5 ming dollar olgan qishloq xo‘jaligi hisobchisi ushlandi

Farg‘onada qurilish ob’ektini olib berishi evaziga 5 ming dollar olgan qishloq xo‘jaligi hisobchisi ushlandi
Farg‘onada tadbirkorga qurilish ob’ektini olib berishi evaziga 5 ming dollar talab qilgan qishloq xo‘jaligi boshqarmasi hisobchisi firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh hisobchisi N.U. va boshqalar xususiy korxona rahbari N.dan boshqarma balansidagi buzilib ketgan Rishton tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosini qayta qurishni uning korxonasiga topshirish evaziga 5 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.U. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) hamda 211-moddalari (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada qurilish ob’ektini olib berishi evaziga 5 ming dollar olgan qishloq xo‘jaligi hisobchisi ushlandi