19:33 / 13.06.2020
2 373

12 iyun kuni koronavirusga chalingan 128 nafar bemorning 26 nafari aholi orasida qayd etilgan

12 iyun kuni koronavirusga chalingan 128 nafar bemorning 26 nafari aholi orasida qayd etilgan
11 iyun sanasida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 118 nafar bemorning 39 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 12 iyun kuni esa koronavirus qayd etilgan 128 nafar bemordan 26 nafari aholi orasida tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi oshgan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa birmuncha kamaygan.

12 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlari hududlar kesimida ko‘rilsa, Toshkent shahrida 14 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 5 nafardan, Samarqand viloyatida esa 2 nafarni tashkil etmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyatining Shofirkon, Jondor va Vobkent tumanlarida yashovchi fuqarolarda hamda Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangani haqida avval xabar bergan edik.

Bundan tashqari, Toshkent shahri qurilish ob’ekti ishchisida va qurilish ob’ektiga ishga kirish uchun tahlil topshirgan fuqaroda, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroda (tana harorati ko‘tarilgan, uy sharoitida davolangan, so‘ngra shifoxonaga borib tahlil topshirgan), ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro (tana harorati ko‘tarilayotganligi sababli tahlil topshirgan), Zangiota tumanida yashovchi fuqaroda (sanatoriyda yotish uchun tahlil topshirgan) koronavirus aniqlangan. Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Guvohi bo‘lganingizdek, qayerda va kimdan kasallikni yuqtirib olganidan bexabar fuqarolarimiz tahlil topshirganlarida koronavirusga chalinganliklarini bilishmoqda. Xorijdan kelgan fuqarolarimiz karantinga olingani bois, ulardan kasallikning tarqalish xavfi past.

Lekin yurtimizda kasallikni qayerdan yuqtirib olganini bilmasdan yurganlardan kasallik tarqalish xavfi o‘ta yuqori.

Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholini ogohlantirishda davom etadi: karantin va sanitariya talablariga to‘liq rioya eting, zaruratsiz ko‘chaga chiqmang, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, ko‘chaga chiqqanda niqob taqish kabi qoidalarga qat’iy rioya etishni aslo unutmang
”, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 12 iyun kuni koronavirusga chalingan 128 nafar bemorning 26 nafari aholi orasida qayd etilgan