09:41 / 14.06.2020
2 144

Farg‘onada «moyka»dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlandi

Farg‘onada «moyka»dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlandi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
11 iyun kuni Oltiariq tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasidan Nexia-3 rusumli mashinani minib qochgan fuqaro ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli S.K. Oltiariq tumani IIBga qo‘ng‘iroq qilib, «Sharq» MFY hududida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga soat 14:00 larda o‘ziga tegishli Nexia-3 mashinasini qoldirib ketgani, biroq soat 15:30 da qaytib kelganida mashinani topa olmaganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida S.K.ga tegishli Nexia-3 Farg‘ona shahar «Al-Xorazmiy» MFY hududidan topilib, avtomashinani 38 yoshli O.F. olib qochganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi («Transport vositasini olib qochish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida O.F. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada «moyka»dan o‘zganing Nexia mashinasini minib qochgan shaxs ushlandi