11:48 / 14.06.2020
2 433

DXX katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qildi

DXX katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qildi
Afg‘oniston Respublikasidan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilib, Surxondaryo viloyati Muzrobod tumani hududiga yashirib qo‘yilganligi to‘g‘risida olingan ma’lumot asosida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan amalga oshirilgan qidiruv ishlari natijasida chegaraoldi hududdan 8 kg. 579 gr. “opiy” moddasi hamda 2 kg. 380 gr. ko‘knor boshoqlari protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.

DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Fijduvon tumanidagi “Sarmijon” yo‘l-patrul maskanida “Toshkent - Buxoro” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “ISUZU” rusumli yuk mashinasi to‘xtatilib, tekshirildi.

Natijada, uning yukxonasida olib ketilayotgan qurulish mollari orasidan 1 kg. 870 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi topildi va u mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1966 yil Qorako‘l tumanida tug‘ilgan F.Bebitovga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida G‘.Bebitov Tojikiston Respublikasidan olib kelingan ushbu giyohvandlik moddasini Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 1961 y.t. I.Yusupovdan 12.000 AQSH dollariga sotib olganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng u ham qo‘lga olindi.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston fuqarosi 1993 y.t. O.Imomov Bekabod tumani hududidagi davlat chegarasidan noqonuniy o‘tib, mamlakatimizga kirib kelgan vaqtida ushlandi. Natijada, uning yonidagi paket ichida 983 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, DXX xodimlarining Toshkent shahar bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahri tomon harakatlanib kelayotgan «ISUZU» rusmli avtomashinasi «Erkin» YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirildi. Natijada, avtomobil yukxonasida 452 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi borligi va u avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1983 yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan A.Saidovga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 11 kg 884 gr. “opiy” moddasi va 2 kg 380 gr. ko‘knor boshoqlari musodara qilindi.
Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qildi