19:38 / 14.06.2020
3 108

1 avgustdan davlat bog‘chalari faoliyatiga ruxsat beriladi

1 avgustdan davlat bog‘chalari faoliyatiga ruxsat beriladi
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari 1 avgustga qadar yopiq bo‘ladi. Avvalroq bog‘chalar 1 iyuldan ochilishi kutilgandi. «Yashil» va «sariq» hududlarda xususiy bog‘chalar faoliyatiga 15 iyundan ruxsat berilgan.

1 avgustdan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi qarorida ma’lum qilingan.

«Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga puxta tayyorlash, shu jumladan sanitariya-gigiyenik qoidalar va xavfsizlik choralarini to‘liq ta’minlash maqsadida ularning faoliyatiga joriy yilning 1 avgustidan boshlab ruxsat beriladi», deyiladi qarorda.

Bunda:
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinadi, ularga kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shaklar» bilan jihozlanadi;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopdan foydalanadi va ijtimoiy masofani saqlaydi;
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotlarga kiritilmaydi.

Komissiya qarorida 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgani eslatilib, bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilinganini qo‘shimcha qilgan.

«Bunda, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha mas’uliyat maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga birdek yuklatiladi», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 avgustdan davlat bog‘chalari faoliyatiga ruxsat beriladi