12:45 / 15.06.2020
2 139

Sud zalini ko‘rgach ota 15 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi

Sud zalini ko‘rgach ota 15 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 13.12.2006 yildagi buyrug‘iga asosan Bag‘dod tumani Qirqvolida qishlog‘ida yashovchi fuqaro Toshboyev Iqboljon Oripjonovich undiruvchi Toshboyeva Umidaxon foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.

Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor I.Toshboyev amal-taqal qilib aliment pulini to‘lab kelib, 2018-2019 yillarda hamda joriy yilning 5 oyi davomida farzandi uchun aliment pulini to‘lamasdan yashirinib yurgan.

Majburiy ijro byurosi Bag‘dod tuman bo‘limi davlat ijrochisining qarori bilan I.Toshboyevga nisbatan 15.08.2018 yilda qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, 12.06.2020 yilda I.Toshboyev yashash joyini o‘zgartirgan joyidan aniqlanib ushlangan. Qarzdorga 01.06.2020 yil holatiga bo‘lgan 15 mln. so‘m aliment pulini to‘lashi haqida talab qo‘yilganida aliment uchun mablag‘i yo‘qligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng davlat ijrochisi qarzdor I.Toshboyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini to‘plab Bag‘dod tuman ma’muriy sudiga taqdim etgan.

Sud zalida ma’muriy qamoq jazosi haqida yetarlicha tushunchalarga endigina ega bo‘lgan qarzdor I.Toshboyev 15 mln. so‘m naqd pulni juda tez va osongina topa qoldi ham. Shu yo‘sinda voyaga yetmagan farzandning ikki yarim yil davomida to‘lanmasdan kelinayotgan moddiy ta’minot pullari to‘liq undirib berildi.

Majburiy ijro byurosi
Farg‘ona viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud zalini ko‘rgach ota 15 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi