Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusning asab tizimiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarini sanab o‘tdi.
Unga ko‘ra, viruslar, jumladan, koronavirus ham odamning butun asab tizimini ishdan chiqarishga qodir.
«AQSHda mutaxassislar koronavirus negizidagi nevrologik asoratlarni davolash uchun shifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlarda retrospektiv tahlil o‘tkazishgan.
Tadqiqotchilar ularning deyarli yarmida Covid-19 nevrologik jihatdan namoyon bo‘lishini aniqlashgan. Xususan, bemorlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta’m va hid bilish qobiliyatining buzilishi, qon tomirlarining torayishi, zaiflik va mushaklarda og‘riq kuzatilgan», dedi Otabekov 15 iyun kungi brifingda
Qayd etilishicha, Covid-19 ko‘plab sabablarga ko‘ra nevrologik disfunksiyaga olib kelishi ehtimoli mavjud. Xususan, virus boshqa organlarga zarar yetkazishi natijasida miyaga kislorod yetishmasligi yoki qon ivishining buzilishi bilan kasallanish, buning negizida ishemik yoki gemorragik insult yuzaga kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?