19:00 / 15.06.2020
2 383

MIB: Xovos tumanida yana bir oila qayta tiklandi! Bunday hayrli ishlardan bolajonlar juda bahtiyor!

MIB: Xovos tumanida yana bir oila qayta tiklandi! Bunday hayrli ishlardan bolajonlar juda bahtiyor!
Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish, balki ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 16.12.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan, F.Soibnazarovdan uch nafar voyaga yetmagan farzanlarining ta’minoti uchun N.Soibnazarovaning foydasiga 1/2 kism miqdorida aliment undirish hakidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur aliment ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirishlar, uch nafar farzandlari oldidagi burchlari va mas’uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa’y-harakatlar natijasida, majburiyat va mas’uliyatni his qilgan ota 8 mln. so‘m aliment pullarini undiruvchiga topshirdi va undiruvchi N.Soibnazarova va qarzdor F.Soibnazarov o‘zaro yarashib, birgalikda bir oila bo‘lib yashash istaklarini bildirdi.

Shu munosabat bilan bo‘lim ish yurituvidagi uning foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi birinchi bandiga binoan ijrosiz qaytarib oldi.

Bundan esa uch nafar farzandlari juda bahtiyor. Chunki ota-onalari yonlarida va yana birga.
Oila – muqaddas. Uni asrab-avaylash har birimizning burchimiz.

Abdurauf Karobekov
MIB Xovos tuman bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Xovos tumanida yana bir oila qayta tiklandi! Bunday hayrli ishlardan bolajonlar juda bahtiyor!