19:20 / 15.06.2020
2 378

Bojasining uyiga o‘g‘rilikka tushgan gaz nazoratchisining qilmishi fosh bo‘ldi

Bojasining uyiga o‘g‘rilikka tushgan gaz nazoratchisining qilmishi fosh bo‘ldi
Xalqimizda “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan so‘ng ham chiqadi” degan purhikmat naql bor. Albatta, ayni naql juda topib aytilgan. Kundalik hayotimizda bunga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Navoiy viloyati, Konimex tumanida yashovchi, oliy ma’lumotli Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevich (ism familiyasi o‘zgartirilgan) “Zirabuloq” gaz quvurlari boshqarmasi Oqtosh tumani filialida nazoratchi vazifasida ishlashiga qaramasdan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilib, moddiy naf ko‘rishni maqsad qiladi.

Ya’ni 2019 yilning 25 iyul kunidan 26 iyul kuniga o‘tar kechasi u soat taxminan 01:30 larda o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Konimex tumani, “Navro‘z” MFYda yashovchi bojasi fuqaro Odinayev Tillajon Baxshullabekovich (ism familiyasi o‘zgartirilgan)ning yashash xonadoniga xonadon orqa temir panjarali eshigi ustidan oshib o‘tish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu xonadonning yotoqxonasida turgan sport sumkasi ichidan unga tegishli bo‘lgan jami 13.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Konimex tumani IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlaridan so‘ng o‘g‘rilik jinoyatini o‘zining bojasi Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevich qilganligi fosh bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan Aqlboyev Do‘stumjon Zikrilloyevich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, oylik ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat
sudining bosh mutaxassisi
N.Shodiyeva

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojasining uyiga o‘g‘rilikka tushgan gaz nazoratchisining qilmishi fosh bo‘ldi