20:30 / 15.06.2020
2 462

Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbirlar mutazam o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida, poytaxtimizdagi avtoturargohlarning birida fuqaro O‘.A. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, avtoulovdagi 2 dona qutida umumiy qiymati 242 425 000 so‘mlik 2800 dona tibbiyot jarrohlik buyumlari va 7150 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Tadbir davom ettirilib, fuqaro O‘.A. ko‘rsatmasiga asosan, ushbu dori vositalarining egasi fuqaro A.B. ning yashash manzili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonning kirish qismidagi yo‘lakda umumiy qiymati 146 975 000 so‘mlik, 2566 dona dori vositalari, 500 dona tibbiyot jarrohlik buyumlari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 389 400 000 so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan hamda hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yirik miqdordagi tibbiyot buyumlari va dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi