21:08 / 15.06.2020
3 843

Xonadondagi sovutgichga nima yashirilgan edi?

Xonadondagi sovutgichga nima yashirilgan edi?
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida fuqaro R.S. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisiga polietilen paketga o‘ralgan giyohvandlik vositasini berayotgan chog‘da tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Shundan so‘ng, tadbir davom ettirilib, fuqaro R.S. ning vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada xonadondagi sovutgichda ham “gashish” giyohvandlik moddasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida qonunbuzardan jami 294,29 gr. “gashish” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadondagi sovutgichga nima yashirilgan edi?