Bugun, 15 iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan qabul masalalariga bag‘ishlangan brifingda Vazirlar Mahkamasi apparatining bosh mutaxassisi, Davlat komissiyasining mas’ul kotibi Shohrux Daliyev abituriyentning kirish imtihonlarida qay tartibda 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
«Davlat rahbari qarorida abituriyent 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkinligi belgilangan. Abituriyent kunduzgi ta’lim, sirtqi va kechki ta’lim shakliga hujjat topshirishi mumkin. Abituriyent DTM sayti yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hujjat topshirayotganda qaysi yo‘nalishni tanlayotganini aniq ko‘rsatishi kerak», dedi Shohrux Daliyev.
Uning qayd etishicha, abituriyent kunduzgi ta’lim yo‘nalishini tanlaydigan bo‘lsa, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlaydi. Xuddi shuningdek, sirtqi ta’lim shaklini tanlasa ham, shu turdagi 5ta yo‘nalishni tanlashi mumkin.
«Abituriyent nechta yo‘nalishni tanlamoqchi bo‘lsa, bu – uning xohishi. U xohlasa, 5ta yo‘nalishni, xohlasa, 3 yoki 4ta yo‘nalishni tanlashi mumkin», dedi Shohrux Daliyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi