12:33 / 16.06.2020
1 987

22 500 quti tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi fosh bo‘ldi

22 500 quti tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tamaki mahsulotlarini yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, fuqaro E.O‘. “Mersedes Benz Vito” rusumli avtomashinaga yurtimizga aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 337,5 million so‘mlik jami 22 500 quti tamaki mahsulotlarini ichki hududda sotish maqsadida yuklayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 22 500 quti tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasi fosh bo‘ldi