19:03 / 16.06.2020
2 860

Qarzdorlik evaziga garovdagi uy undiruvga qaratilgan edi

Qarzdorlik evaziga garovdagi uy undiruvga qaratilgan edi
Byuroning Yashnabod tumani bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 04.02.2020 yildagi hal qiluv qarori asosida berilgan 2-1002-1921/33514-sonli ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdorlar M.F. va S.X.dan undiruvchi ATIB “Ipotekabank” foydasiga jami 138.812,9 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur undiruv esa 26.02.2020 yilda qo‘zg‘atilgan 101120008163-sonli ijro hujjati 16.01.2019 yildagi ipoteka shartnomasiga ko‘ra, garovdagi Toshkent shahar Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan bahosi 171.963,7 ming so‘m qilib belgilangan uyga qaratilgan. Bo‘lim davlat ijrochisi X.Qosimov tomonidan qarzdorlarga nisabatn ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Bundan tashqari, davlat ijrochisi tomonidan yuqoridagi qarzdorga tegishli bo‘lgan xonadon belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilib, band solingan. Lekin, undiruvchi ATIB “Ipotekabank”ning 11.06.2020 yildagi xatiga ko‘ra, qarzdor va undiruvchi o‘zaro kelishuviga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik evaziga garovdagi uy undiruvga qaratilgan edi