21:26 / 16.06.2020
3 126

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar ajratiladi

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar ajratiladi
Prezidentning “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Qarorda ko‘rsatilishicha, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.

Hujjatda belgilanishicha:
  • kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan Z yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi O‘zbekisgon Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi;
  • tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga, ayniqsa maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
  • mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
  • O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar ajratiladi