00:05 / 17.06.2020
4 872

O‘zbekistonda bugun 230 ta koronavirus yuqtirish holati aniqlandi

O‘zbekistonda bugun 230 ta koronavirus yuqtirish holati aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 165 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 5500ga yaqinlashgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 16 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5493 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 27 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 104 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 13 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 5 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari aholi orasida) aniqlangan
», deyiladi xabarda.

Bugun jami 230ta yangi holat aniqlandi, 77 bemorga javob berildi, hozirgacha jami 4096 kishi koronavirusdan tuzalgan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1378 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyun kuni ham yangi holatlar soni keskin o‘sgan, respublikaning 7 hududida jami 183ta yangi holat qayd etilgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda eng yuqori kunlik o‘sish 7 iyun kuni kuni qayd etilgan, o‘shanda 237 kishida koronavirus aniqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bugun 230 ta koronavirus yuqtirish holati aniqlandi