06:30 / 17.06.2020
2 749

Koronavirusning yengil va alomatlarsiz shakllariga chalingan bemorlarni uyda davolash yo‘lga qo‘yiladi

Koronavirusning yengil va alomatlarsiz shakllariga chalingan bemorlarni uyda davolash yo‘lga qo‘yiladi
Kadr: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda koronavirusning yengil shakllariga chalingan va kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bemorlarni uy sharoitida nazoratga olib davolash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ma’lum qildi.

«Virusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida tibbiy nazoratda ushlash va davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak.

Albatta, iqtisodiyotni tiklashimiz kerak, ish o‘rni tashkil etishimiz kerak. Lekin bu baloni hech qachon unutmasligimiz kerak. Uch oylik juda og‘ir yo‘lni bosib o‘tdik. Odamlarimiz o‘zini, farzandlari, nevaralari, qo‘shnisi, qarindoshining sog‘lig‘ini o‘ylashi kerak
», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident har bir hududdagi rahbarlarni ogohlikka chaqirdi. «Hali xotirjamlikka hech qanday asos yo‘q. Faqat qattiq karantin talablariga e’tibor berib, chora-tadbirlar qilsak, bu holatdan eson-omon chiqib ketamiz», — deb ta’kidladi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘aygan bemorlarni reabilitatsiyaga kuzatish tajribasidan voz kechildi. Hozirda O‘zbekiston shifoxonalarida davolanayotgan har bir bemor uchun davlat budjetidan 32,3 million so‘mdan xarajat qilinadi. Holati o‘ta og‘ir bo‘lgan bemorlarning har birini davolash uchun 64,4 million so‘mdan sarflanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning yengil va alomatlarsiz shakllariga chalingan bemorlarni uyda davolash yo‘lga qo‘yiladi