11:11 / 17.06.2020
3 004

Surxondaryoda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi

Surxondaryoda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 68 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 17 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 62 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.

16 iyun kuni jami 230ta yangi holat aniqlandi, 77 bemorga javob berildi, hozirgacha jami 4096 kishi koronavirusdan tuzalgan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1446 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati 20 may kuni koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 14 iyun kuni viloyat hududida yana yangi holatlar aniqlana boshladi.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning ma’lum qilishicha, Muzrabot tumanida o‘tkazilgan to‘yda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmagani natijasida 250dan ortiq fuqaro karantinga olingan.

16 iyundan Termiz shahriga kirib-chiqish to‘xtatilgan va bir qator yumshatishlar bekor qilingan.

Viloyat hokimi epidemik vaziyat murakkab bo‘lgan Termiz, Denov, Muzrabot, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Boysun tumanlarida karantin talablari qat’iylashtirilishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi