17:32 / 17.06.2020
2 194

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5600dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5600dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 77 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 5,6 mingdan oshgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 17 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5638 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 145ta yangi holat aniqlandi. Shu vaqtgacha 4096 kishi tuzalib chiqqan.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1523 bemor davolanmoqda. Ulardan 13 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 5600dan oshdi