17:50 / 17.06.2020
2 112

Tadbirkorlar foydasiga 137 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkorlar foydasiga 137 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi
Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Urganch shahar nooziq-ovqat tovarlar markaziy savdo majmuasi qurilish direksiyasidan undiruvchi “Xiva Obod yo‘l qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 54.349,5 ming so‘m, oilaviy tartibdagi tadbirkor Yayilganov Artiqboy Matqurbanovich foydasiga 54.332,8 ming so‘m, “Bolta Madamin” mas’uliyati cheklangan jamiyat foydasiga 48.714,7 ming so‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro mavjud bo‘lgan.

Mazkur ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorning bankdagi hisob raqamlari aniqlanib, davlat ijrochisi tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yildi hamda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar xatlandi.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro varaqalarda ko‘rsatilgan 157.397,1 ming so‘m qarz summasi to‘liq undirilib, tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar foydasiga 137 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi