Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 44 kishida koronavirus aniqlangani va jami holatlar soni 5,7 mingga yaqinlashgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 17 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5682 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 7 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 5 nafari aholi orasida), 5 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 189ta yangi holat qayd etildi. Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1532 bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi