11:15 / 18.06.2020
2 435

Nizolarni hal etish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Nizolarni hal etish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
«Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida:

- Davlat bojxona qo‘mitasi, Davergeodezkadastr, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi;

- jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida o‘z huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Mazkur tartib jismoniy va yuridik shaxslarning bunday ishlar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.

Qaror bilan Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish Apellyatsiya kengashining vazifalaridan biridir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nizolarni hal etish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi