12:15 / 18.06.2020
2 149

Oliy ta’lim vazirligi ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun yo‘riqnomani e’lon qildi

Oliy ta’lim vazirligi ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun yo‘riqnomani e’lon qildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Vazirlik xabariga ko‘ra, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.

Ta’kidlanishicha, abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va qo‘lqopda kiritiladi. Imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Bildirilishicha, ijodiy imtihonda bitta abituriyent uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi. Imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi. Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’lim vazirligi ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun yo‘riqnomani e’lon qildi