17:00 / 18.06.2020
2 799

Toshkentda masjidda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlanayotgan 22 yoshli yigit qo‘lga olindi

Toshkentda masjidda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlanayotgan 22 yoshli yigit qo‘lga olindi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan masjidning kirish joyida qoldirilgan sumkani o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 20 mart kuni soat 19:30 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 29 yoshli Jasur J. murojaat qilib, shaxsiy hujjatlari, 100 ming so‘m, 110 dollar va mobil telefoni bo‘lgan sumkasi o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan. Jasurning aytishicha, u sumkasini masjidga kirish joyida qarovsiz qoldirgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan tezkor-qidiruv choralari davomida IIBB xodimlari tomonidan gumonlanuvchining shaxsi aniqlanib, muqaddam sudlangan 22 yoshli Husniddin K. qo‘lga olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda masjidda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlanayotgan 22 yoshli yigit qo‘lga olindi