17:32 / 18.06.2020
2 558

«Kobalt»dagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi

«Kobalt»dagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Namangan shahrida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada qo‘shni mamlakatdan aylanma yo‘llar orqali yurtimizga olib kirilgan, umumiy qiymati 150 million so‘mlik 3 297 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kobalt»dagi sifati kafolatlanmagan dori vositalari manziliga yetib bormadi