22:11 / 18.06.2020
3 609

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Foto: IIV YHXBB
Joriy yilning 18 iyun kuni soat 10:20 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 85 km.da bir necha avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, haydovchi, 1992 y.t. X.X. (erkak) «Kaptiva» rusumli transport vositasini «Guliston-Toshkent» yo‘nalishida boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1993 y.t., S.M. (erkak) boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» rusumli transport vositasining o‘ng tomonidan quvib o‘tishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, «Kaptiva» avtomashinasi yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan haydovchi 1986 y.t. M.U. (erkak) boshqaruvidagi «Damas» rusumli hamda haydovchi 1962 y.t. B.M. (erkak) boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli transport vositalariga, haydovchi S.M. boshqaruvidagi «Kobalt» avtomashinasi esa haydovchi, 1975 y.t., U.X. (erkak) boshqaruvidagi «Audi-100» rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, YTH sodir bo‘lgan.

Natijada, «Damas» rusumli transport vositasi yo‘lovchilari 1979 y.t. A.J. (erkak) va 1982 y.t. Q.Q. (erkak)lar og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etishgan. «Kobalt» rusumli transport vositasi haydovchisi B.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashdi. Qurbonlar bor