Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 37 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 18 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5767 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent viloyatida (shundan 18 nafari karantinga olinganlar, 14 nafari aholi orasida), 3 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 85 holat qayd etildi. Shundan 54 nafari karantin muassasalarida, 28 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent viloyatida, 13 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida), qolgan 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 68 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4199 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1549 bemor davolanmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 30 434 nafar, statsionar karantinda esa 22 343 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring