13:30 / 19.06.2020
2 210

Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes va Nexia 3 avtomashinalari to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes va Nexia 3 avtomashinalari to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
Joriy yilning 19 iyun kuni soat 08:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida haydovchi, 1984 y.t. A.D. (erkak) Mercedes-Benz rusumli transport vositasida ortga qayrilib olayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda u ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1992 y.t. D.M. (erkak) boshqaruvidagi Nexia 3 rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia 3 rusumli transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Natijada, Nexia 3 rusumli transport vositasi haydovchisi D.M. va yo‘lovchisi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma’lumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzo Ulug‘bek tumanida Mercedes va Nexia 3 avtomashinalari to‘qnashuvi sodir bo‘ldi