17:53 / 19.06.2020
1 880

Ikkitadan kodeks va qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ular nima beradi?

Ikkitadan kodeks va qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ular nima beradi?
Senatning beshinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama markazida bo‘ldi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi kabi bir qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, Jinoyat kodeksining sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanishi bilan bog‘lik jinoiy harakatlar uchun javobgarlik ko‘rsatilgan moddasiga qo‘shimcha kiritilmoqda. Ya’ni tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun alohida javobgarlik belgilanib, aybdor besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelsa, aybdor bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi belgilanmoqda.

Agar bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilinsa, BHMning yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima belgilanib, javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi aholining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish va o‘z navbatida davlat organlarining ham bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikkitadan kodeks va qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ular nima beradi?