Foto: «Sunhome.ru»
Kanadalik olimlarning fikricha, koronavirusni yuqtirganda ko‘zlarning o‘zgacha qizarishi COVID-19 alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Qayd etilgan ilk virusli keratokon’yunktivit haqida Kanada oftalmologiya jamiyati jurnalida chop etildi.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, noma’lum alomat 29 yoshli bemorda aniqlangan. Uning o‘ng ko‘zi qizargan, suvsimon ajralma oqqan va yorug‘likka qaray olmagan. 29 fevralda Kanadaga qaytgunga qadar u bir oy Filippinda va bir kun San-Fransiskoda bo‘lgan. 1 mart kuni unda tumov, yo‘tal va kon’yunktivit rivojlangan. Ayol isitmadan shikoyat qilmagan. Lekin isitma tushiruvchi preparat qabul qilganini tan olgan: dori yuqori tana haroratini yashirgan bo‘lishi mumkin.
Bir necha kundan so‘ng alomatlar yomonlashgach, bemor oftalmologiya klinikasiga yuborilgan. Ko‘zlaridan olingan surtmada SARS-CoV-2 chiqqan. Mualliflarning yozishicha, bu holat COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun o‘zgacha kasallik alomatlarini aniqlashda qo‘shimcha choralar ko‘rish kerakligini anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi